Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi prezident saylandi

Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi prezident saylandi

Baho:
+ | -

Toshkent shahri mezbonligida o‘tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida Osiyo Olimpiya kengashi prezidentligiga saylov tadbiri tashkil etildi.

Saylov jarayonida ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan Milliy Olimpiya qo‘mitalari assosiasiyasi (ANOC) raisining birinchi o‘rinbosari, Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy nomzodi ma’qullandi.

OOKning 46-Bosh assambleyasi doirasida 2026-yilda Saudiya Arabistonining Riyod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Yopiq inshootlar va jangovar sport turlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlari”ga tayyorgarlik masalalari yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Bosh Assambleya tadbirlari davomida OOKning tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ijroiya qo‘mitalari rahbariyatlari o‘z faoliyati va rejalari yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.

Xususan, Maslahat qo‘mitasi raisi Ser Miang, Sportchilar qo‘mitasi raisi Ning Ding, Madaniyat qo‘mitasi raisi Battushig Batbold hamda Ta’lim qo‘mitasi raisi shahzoda Fahad Al Saud o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida hisobotlarni Bosh Assambleya ishtirokchilariga taqdim etdi.

Hisobotlarda Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish, sportchilar manfaatlarini himoya qilish, madaniy va ta’limiy dasturlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etadi. Davlat rahbari tadbirda nutq so‘zlab, kengash va xalqaro sport tashkilotlari rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:24, 26.01.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.