Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Fer Lopes yana La Ligaga qaytdi

Fer Lopes yana La Ligaga qaytdi

Baho:
+ | -

21 yoshli hujumkor yarim himoyachi Fer Lopes "Vulverxempton"ni tark etib, La Ligaga qaytdi. Bundan buyon u yana "Selta" safida to‘p tepadi, u joriy futbol mavsumi yakuniga qadar ijaraga o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Lopes asli madridlik bo‘lsa-da, professional futboldagi faoliyatini aynan "Selta"da boshlagan va u yerda asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. 2025 yilning yozida Lopes "Vulverxempton" futbolchisiga aylandi, "bo‘rilar" uni 23 million yevroga sotib olishdi.

Shunga qaramay, Angliyada APLning asosiy autsayderi sifatida Lopesning omadi kelmadi. Yosh futbolchi "bo‘rilar"ning ketgan yetakchilariga o‘rinbosar bo‘la olmadi va atigi 12 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Selta" Primera joriy mavsumida yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Galisiyaliklar yettinchi o‘rinda va 32 ochkoga ega.

Kiritildi: 23:02, 26.01.2026.
O'qildi: 869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик