Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Laudrup Maradona haqida gapirdi

Laudrup Maradona haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Yuventus", "Lasio" va boshqa klublarning sobiq yarimhimoyachisi Mikael Laudrup Diyego Maradonaning bog‘ichlarini yechib o‘ynaganini esladi.

"O‘sha paytlarda maydonlarda o‘ynash qiyinroq edi, Maradona esa odatda uch-to‘rt raqib qurshovida qolardi. Unga hujum qilishardi, lekin u nihoyatda chaqqon edi, agar uni yiqitishsa, darhol o‘rnidan turardi.

U "Napoli"da bo‘lganida unga qarshi o‘yinni eslayman - o‘yin oldidan maydonga tushishni kutayotgandik, 21 futbolchi turardi, shu payt Maradona maydonga tushdi. Stadionda 80 mingga yaqin odam bor edi va taxminan olti daqiqadan so‘ng himoyachilarimizdan biri unga qo‘pollik ishlatdi. U o‘rnidan turganda, butsasining bog‘ichlari bog‘lanmaganini payqadim.

Bog‘ichlarini yechib, xuddi ko‘chada o‘ynayotgandek olti daqiqa o‘ynadi! Fantastika", - dedi Laudrup.

Kiritildi: 15:03, 28.01.2026.
O'qildi: 830 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик