Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Osiyo futzalini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Osiyo futzalini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Bugun Indoneziya poytaxti Jakarta shahridagi FIFA qarorgohida Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etayotgan 12 ta davlat futzal federasiyalari vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Indoneziya futzal federasiyasi rahbari Michel Vistor Sianipar tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir Osiyo futzalini rivojlantirish, klub va milliy jamoalar darajasida tajriba almashish hamda Osiyo Chempionlar ligasiga muqobil musobaqa tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi.

Yig‘ilish avvalida FIFA vakili futzalni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Eron va O‘zbekiston vakillari Osiyo klublari o‘rtasidagi Chempionlar ligasini tiklash taklifini ilgari surishdi. Afg‘oniston tomoni esa mamlakatda futzal infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy sport zallari qurishda Osiyoning rivojlangan davlatlaridan ko‘mak so‘radi.

OFK 2027 yildan boshlab klublar o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi qayta tiklanishini va unda 8 ta jamoa ishtirok etishini ma’lum qildi. Mazkur masala hali qayta ko‘rib chiqilishi va yanada takomillashtirilishi aytildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchi mamlakatlar futzal federasiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unda Osiyo futzalini barqaror rivojlantirish, boshqaruv tizimini kuchaytirish, musobaqalar soni va sifatini oshirish hamda futzal mutaxassislari salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan majburiyatlar belgilandi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 23:03, 29.01.2026.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик