Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Jahon chempionatini boykot qilish borasida Germaniyaning aniq pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Jahon chempionatini boykot qilish borasida Germaniyaning aniq pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) hozircha futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatini boykot qilish masalasini ko‘rib chiqmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

Avvalroq Germaniya Bundestagidagi Xristian-demokratik va Xristian-sosial ittifoqlar (XDI/XSI) fraksiyasining tashqi siyosat bo‘yicha vakili Yurgen Xardt AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya bo‘yicha bayonotlari fonida Jahon chempionatini boykot qilish ehtimolini so‘nggi chora sifatida tilga olgandi. Shuningdek, “Sankt-Pauli” klubi prezidenti va DFB ijroiya qo‘mitasi a’zosi Oke Gettlih Hamburger Morgenpost nashriga bergan intervyusida barchani boykot masalasini muhokama qilishga chaqirgan edi.

DFB bayonotida ta’kidlanishicha, tashkilot ijroiya qo‘mitasi sport siyosatiga oid masalalar jamoatchilik oldida emas, balki ichki doirada muhokama qilinishi kerak. Qayd etilishicha, AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatini boykot qilish masalasi hozirda kun tartibida emas.

“Biz sportning birlashtiruvchi kuchiga va futbol bo‘yicha Jahon chempionatining global miqyosdagi ijobiy ta’siriga ishonamiz. Bizning maqsadimiz ushbu ijobiy kuchni kuchaytirish, unga to‘sqinlik qilish emas”, deyiladi bayonotda.

Roya News nashri xabariga ko‘ra, AQSH siyosatiga norozilik sifatida Jahon chempionatini boykot qilish chaqiriqlari fonida bir kecha davomida qariyb 17 ming nafar muxlis turnir uchun xarid qilingan chiptalarni bekor qilgan. Fransiyalik deputat Erik Kokrel esa X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida musobaqani faqat Kanada va Meksika hududida o‘tkazishni taklif qilib, AQSHni qo‘shni davlatlarga bosim o‘tkazishda, Grenlandiyaga bostirib kirish bilan tahdid qilishda hamda xalqaro huquqni buzishda ayblagan.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi va u bir vaqtning o‘zida uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika hududida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:08, 01.02.2026.
O'qildi: 2662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик