Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Germaniya hukumati 2026 yilgi Jahon chempionatiga boykot e’lon qilmaydi

Germaniya hukumati 2026 yilgi Jahon chempionatiga boykot e’lon qilmaydi

Baho:
+ | -

Germaniya Federativ Respublikasining sport va volontyorlik masalalari bo‘yicha davlat vaziri Kristiane Shenderlyayn Germaniya hukumati Jahon chempionatini boykot qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmayotganini ma’lum qildi.

"Biz boykot masalasini ko‘rib chiqmayapmiz. Hukumatda buni muhokama qildik va shuni aytamizki: biz buni qo‘llab-quvvatlamaymiz. AQSH bilan munosabatlar tashqi siyosat asosida shakllanadi, bu boshqa daraja.

Sportdan bu maqsadda foydalanish kerak emas. Birinchi o‘rinda musobaqa turishi lozim. Bundan tashqari, bo‘lajak Jahon chempionati nafaqat AQSHda, balki Kanada va Meksikada ham bo‘lib o‘tadi.

Qaror qabul qilish DFB (Germaniya futbol ittifoqi) va FIFA qo‘lida, chunki biz sport avtonomiyasini hurmat qilamiz. Yakuniy qarorni siyosat emas, balki sportning o‘zi qabul qilishi kerak", — dedi Shenderlyayn "Süddeutsche Zeitung" nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 16:58, 04.02.2026.
O'qildi: 1184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик