Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Mixaylo Mudrik CS2 o‘yinidagi haqoratli xabarlari uchun bloklandi

Mixaylo Mudrik CS2 o‘yinidagi haqoratli xabarlari uchun bloklandi

Baho:
+ | -

Ukrainalik futbolchi Mixaylo Mudrik kibersport platformasi Faceit tomonidan 28 kunga bloklandi. Bu haqda Ria Novosti nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Mudrik Counter-Strike 2 o‘yini vaqtida polshalik raqibi bilan yuzaga kelgan mojaro chog‘ida chatda keskin va haqoratli iboralar ishlatgan. Xususan, futbolchi tarixiy voqea Volin fojiasini tilga olgan (Volin fojeasi — bu Ikkinchi Jahon urushi davrida 1943–1944 yillarda Volin va G‘arbiy Ukraina hududlarida sodir bo‘lgan qirg‘in — tahr). Shundan so‘ng polshalik foydalanuvchi Faceit ma’muriyatiga shikoyat bilan murojaat qilgan. Tekshiruv yakunida Mudrikning profili 28 kun muddatga bloklangan.

Mixaylo Mudrik 25 yoshda. U 2023 yil yanvar oyida Ukrainadagi “Shaxtyor” klubidan Angliyaning “Chelsi” jamoasiga o‘tgan. 2024 yil dekabr oyida londonliklar futbolchining doping-test natijasi ijobiy chiqqanini ma’lum qilgan. Shundan buyon Mudrik rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, 1943–1944 yillarda Ukraina hududidagi Volin viloyatida Ukraina millatchi harakati (OUN–UPA) va Polsha aholisining o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar bo‘lgan. Shu davrda minglab tinch polshaliklar va ukrainlar halok bo‘lgan. Bu hodisalar ikkala mamlakat tarixida chuqur iz qoldirgan va hanuzgacha tarixiy bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. 2016 yilda Polsha parlamentining quyi palatasi 11 iyul sanasini Ikkinchi Polsha Respublikasi hududida ushbu qo‘zg‘alonda halok bo‘lgan qurbonlarni xotirlash milliy kuni sifatida belgilagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:16, 04.02.2026.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.