Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Turnir taqdiri shu haftada hal bo‘ladi": Pol Merson APLdagi vaziyat haqida gapirdi

"Turnir taqdiri shu haftada hal bo‘ladi": Pol Merson APLdagi vaziyat haqida gapirdi

Baho:
+ | -

O‘z vaqtida Londonning "Arsenal" klubida to‘p surgan Pol Merson "kanonirlar"ning "Sanderlend"ga qarshi bo‘lajak o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ekspertning fikricha, APL 25-turidan o‘rin olgan ushbu uchrashuv natijasi chempionlik poygasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

"Menimcha, titul uchun kurash masalasi shu dam olish kunlarida hal bo‘ladi. "Arsenal" ushbu o‘yinda ochko yo‘qotishini tasavvur ham qila olmayman. Agar "Arsenal" g‘alaba qozonsa, eng yaqin ta’qibchisidan to‘qqiz ochkoga o‘zib ketadi", — deya Mersonning so‘zlarini keltirmoqda "Sportskeeda".

Mikel Arteta jamoasi ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. London klubi hisobida 53 ochko mavjud.

Kiritildi: 16:37, 06.02.2026.
O'qildi: 1019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик