Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Rasman. Xames Rodriges MLSga ko‘chib o‘tdi

Rasman. Xames Rodriges MLSga ko‘chib o‘tdi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Xames Rodriges faoliyatini "Minnesota Yunayted" klubida davom ettiradi. Xavbek erkin agent sifatida shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Futbolchi bilan tuzilgan kelishuv 2026 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. Shartnomada uni o‘sha yilning dekabrigacha uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Uning so‘nggi klubi 2025 yilning yanvaridan buyon to‘p surgan Meksikaning "Leon" jamoasi edi. Faoliyati davomida u Kolumbiyaning "Envigado", Argentinaning "Banfild", shuningdek, "Portu", "Monako", "Real Madrid", "Bavariya", "Everton", Qatarning "Ar-Rayyan", "Olimpiakos", "San-Paulu" va "Rayo Valyekano" klublarida o‘ynagan. Rodriges Argentina, Portugaliya, Ispaniya va Germaniya chempioni hisoblanadi. "Real" tarkibida u ikki bor Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan.

Kolumbiya terma jamoasi safida Xames 2014 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari va 2024 yilgi Amerika Kubogining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.

Kiritildi: 00:48, 07.02.2026.
O'qildi: 2324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик