Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» La Liga yulduzi transferi uchun 100 million yevro sarflashga tayyor

«Chelsi» La Liga yulduzi transferi uchun 100 million yevro sarflashga tayyor

Baho:
+ | -1

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Angliyaning «Chelsi» klubi uchun asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi.

«ESPN Argentina» xabariga ko‘ra, «ko‘klar» 26 yoshli futbolchining transferi ustida allaqachon ish boshlashgan. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda va «matraschilar» o‘yinchisining vakillari yaqinda Londonda, «Chelsi» va «Arsenal» o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Liga Kubogi bahsida ko‘rinish berishgan. Ta’kidlash joizki, «kanonirlar» ham yulduzli argentinalikka qiziqish bildirayotgan klublar qatorida tilga olinmoqda.

«Transfermarkt» portalida Xulian Alvaresning narxi 100 million yevro etib belgilangan. Ilgariroq hujumchi uchun asosiy da’vogar sifatida «Barselona» ko‘rsatilayotgan edi, biroq Premyer-liga klublari moliyaviy masalalarda «ko‘k-anorranglilar»dan yaqqol ustunlikka ega.

Kiritildi: 15:21, 07.02.2026.
O'qildi: 2306 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик