Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

APL. "Chelsi" safarda "Vulverxempton"ni taslim etdi

APL. "Chelsi" safarda "Vulverxempton"ni taslim etdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 25-turi doirasida "Vulverxempton" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda "ko‘klar" 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Koul Palmer 13-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, londonliklarni oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Palmer yana bir bor "nuqta"dan unumli foydalandi, 38-daqiqada esa u xet-trigini rasmiylashtirdi. Mezbonlarning yagona javob to‘pini 55-daqiqada Toluvalase Arokodare kiritdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng "Vulverxempton" sakkiz ochko bilan Angliya oliy divizioni turnir jadvalining eng quyi pog‘onasini egallab turibdi. "Chelsi" esa 43 ochko bilan beshinchi o‘rinda joylashgan.

Navbatdagi turda "bo‘rilar" 11 fevral kuni safarda "Nottingem Forest" bilan to‘qnashadi, "ko‘klar" esa 10 fevral kuni "Lids Yunayted"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 22:19, 07.02.2026.
O'qildi: 831 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик