Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

Palmer APLda xet-triklar soni bo‘yicha Saloh bilan tenglashdi

Palmer APLda xet-triklar soni bo‘yicha Saloh bilan tenglashdi

Baho:
+1 | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer Premyer-liganing shanba kungi "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinida (3:1) xet-trik qayd etdi.

Ingliz futbolchisi barcha uchta golini birinchi bo‘limning o‘zida kiritdi, dastlabki ikkita gol penaltidan amalga oshirildi. Bu ingliz futbolchisi uchun faoliyatidagi to‘rtinchi xet-trik bo‘ldi va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Liverpul" yulduzi Muhammad Saloh bilan tenglashib oldi. Misrlik hujumchi 2017 yilda "qizillar" safiga qo‘shilgan bo‘lsa, Palmer "Chelsi"ga faqat 2023 yilda kelgan.

"Ko‘klar"ning 23 yoshli yetakchisi, shuningdek, APLda xet-triklar soni bo‘yicha o‘tmishdagi ko‘plab mashhur o‘yinchilardan, jumladan, Frenk Lempard, Didye Drogba, Romelu Lukaku, Krishtianu Ronaldu, Teo Uolkott, Ule Gunnar Sulsher va Nikolya Anelkadan o‘zib ketdi.

Kiritildi: 10:13, 08.02.2026.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик