Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Opta»: 2021 yildan beri APL futbolchilari orasida hech kim Kristian Romerochalik ko‘p maydondan chetlatilmagan

«Opta»: 2021 yildan beri APL futbolchilari orasida hech kim Kristian Romerochalik ko‘p maydondan chetlatilmagan

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi va sardori Kristian Romero faoliyatidagi navbatdagi qizil kartochkani oldi.

Angliya Premyer-ligasining 25-turi doirasida «Tottenxem» safarda «Manchester Yunayted»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ta’kidlash joizki, «shporlar» Romeroning jiddiy foli sababli o‘yinning 29-daqiqasidayoq bir kishi kam bo‘lib qolishgan edi.

«OptaJoe» nashrining xabar berishicha, argentinalik futbolchi 2021 yil avgust oyida «Tottenxem» safida debyut qilganidan beri barcha musobaqalarda jami olti marta maydondan chetlatilgan. Bu APLning istalgan boshqa futbolchisidan ko‘proq ko‘rsatkichdir.

Joriy mavsumda Romero barcha turnirlarni inobatga olgan holda 28 ta o‘yinda ishtirok etdi, raqiblar darvozasini olti marta ishg‘ol qildi va to‘rtta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:21, 08.02.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик