Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"RB Leypsig" Diomandeni sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormayapti

"RB Leypsig" Diomandeni sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormayapti

Baho:
+ | -

"RB Leypsig" klubi qanot hujumchisi Yan Diomande yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchini "PSJ", "Bavariya", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari kuzatishda davom etmoqda. Biroq, ta’kidlanishicha, hozirda transfer bo‘yicha hech qanday taklif va muzokaralar yo‘q.

Diomande joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 8 marta ishg‘ol qildi va 6ta golga assistentlik qildi.

Diomandening "RB Leypsig" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:08, 08.02.2026.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик