Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Spalletti: "Yuventus" bosim ostida o‘ynashni bilishi kerak"

Spalletti: "Yuventus" bosim ostida o‘ynashni bilishi kerak"

Baho:
+ | -

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriya 24-turidan o‘rin olgan "Lasio"ga (2:2) qarshi o‘yindagi durang haqida gapirdi.

"Ehtimol, bunda mening ham aybim bordir - futbolchilarga qo‘yadigan talablarimiz tufayli. Bu davrda biz olib qo‘ygan har bir to‘pni darhol o‘yinga kiritib yuborishlarini, oldinga chiqarib yubormasliklarini so‘rayman. Pas orqali bosimdan chiqib, o‘yinimizga sifat qo‘shishimiz kerak.

Shuncha talablarni qo‘yganingda, bu xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, bir vaqtning o‘zida har qanday ssenariyning ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarini baholash demakdir. Xatolar muqarrar. Lokatelli - bu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchilarimizdan biri va bir marta to‘pni yo‘qotish hech narsani yo‘qqa chiqarmaydi. Keyin himoya epizodi bo‘ldi, biz zarbani blokladik, rikoshetda omadimiz kelmadi - bu futbol.

Xarakter hamma narsa noto‘g‘ri ketganda va qaror qabul qilish uchun sovuqqonlik kerak bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Farqi ham shunda. Jamoa juda qiyin vaziyatni o‘zgartirdi va ajoyib o‘yin o‘tkazdi, shuning uchun biz ishonch bilan oldinga boramiz", - dedi Spalletti DAZN Italia nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 07:11, 09.02.2026.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик