Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 0-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 1-0 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Slot: «Hakamlar bizning zararimizga ishladi»

Slot: «Hakamlar bizning zararimizga ishladi»

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda Muhammad Salohga nisbatan ishlatilgan shubhali qoida buzilishi epizodida hakamning chiqargan qaroridan norozi bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda «shaharliklar» himoyachisi Mark Gexi misrlik futbolchining jarima maydonchasiga yorib kirishini uning libosidan tortib qolish orqali to‘xtatib qoldi. Referi bu vaziyatga e’tibor qaratmadi, bu esa «qizillar» ustozining keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

"Agar alohida e’tiborga loyiq vaziyat bo‘lsa, bu Saloh darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib ketishi mumkin bo‘lgan epizoddir. Oxirgi yetti-sakkiz yil ichida «Enfild»da bo‘lgan har bir kishi yaxshi biladiki, bu Saloh uchun amalda gol degani. Hakamlar yana bizning ziyonimizga qaror qabul qilishdi. Ular o‘z ishlarini bajarishlari kerak", — deya Slotning so‘zlarini keltirmoqda «The Touchline».

Uchrashuv «Liverpul»ning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Kiritildi: 11:38, 09.02.2026.
O'qildi: 1344 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.