Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Santi Kasorla Ispaniya futbolidagi tartibsizlikdan norozi

Santi Kasorla Ispaniya futbolidagi tartibsizlikdan norozi

Baho:
+ | -

"Ovyedo" sardori Santi Kasorla o‘z jamoasining 7 fevralga belgilangan "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yini boshlanishiga bir necha soat qolganda bekor qilinganidan so‘ng La Liga rahbariyatini keskin tanqid qildi.

Bunday qaror qabul qilinishiga "Valyekas" stadionidagi maysa (gazon) holatining xavfsizlik talablariga javob bermasligi sabab bo‘lgan.

"Ovyedo" klubi jamoa va uning muxlislari allaqachon Madridga yetib kelganini inobatga olib, xabarning bunchalik kech berilganini qoraladi. Klub rasmiy bayonotida ushbu holat yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

"Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Kasorla ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘z noroziligini bildirdi: "Reallik shundaki, La Liga barcha ma’noda Premyer-ligadan ancha ortda qolmoqda", — deb yozdi 41 yoshli ispaniyalik futbolchi.

Kasorla "Arsenal"da olti yil o‘ynab, London klubi bilan ikki bor Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan. 2023 yilning avgustida u "Ovyedo"ga qaytdi va jamoaga 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra La Ligaga chiqishda yordam berdi.

Kiritildi: 06:55, 10.02.2026.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.