"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Maykl Ouen klubga bosh murabbiy tanlash bo‘yicha maslahat berdi. Yaqinda "qizil iblislar" Maykl Kerrikni mavsum oxirigacha bo‘lgan muddatga tayinlashdi. O‘shandan beri jamoa Premyer-ligada to‘rtta o‘yindan to‘rttasida g‘alaba qozondi.
"Oxirgi o‘n yillikda "Manchester Yunayted" hamma narsani sinab ko‘rdi. Ular tug‘ma g‘oliblarni, sinalgan murabbiylarni, sobiq futbolchilarni, yangi daholarni, tajribali mutaxassislarni taklif qilishdi. Ular hamma narsani sinab ko‘rishdi. Hozir shunday murabbiy borki, agar shu ruhda davom etadigan bo‘lsa, futbolchilardan maksimal darajada foydalana boshladi. Tribunalar jonlandi, ishonch qaytdi, barqarorlik paydo bo‘ldi. U klubni tushunadi, u to‘g‘ri xarakterga ega.
Tasavvur qiling, "MYU" Chempionlar ligasiga chiqdi, Kerrikka esa: "Ish uchun rahmat, boshqa odamni tayinlaymiz", deyishdi. Va klub yana oxirgi 10-12 yildagi holatga qaytadi. Axir bu o‘z oyog‘iga o‘q uzish-ku!
Kerrik bunday gaplarim uchun rahmat demaydi, ammo u "Manchester Yunayted" uchun ideal variant. U qimmatga tushmaydi va hozir klubning moliyaviy ahvoli yaxshi emas. Moslashish kerak emas, til to‘sig‘i yo‘q - u allaqachon shu yerda va kutmoqda. Va uning shartnomasini boshqa klubdan sotib olish shart bo‘lmaydi", - dedi Ouen Goal portaliga.













