Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Arne Slot «Real»ni boshqarishni orzu qilmoqda

Arne Slot «Real»ni boshqarishni orzu qilmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

«Topskills Sports UK» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis ingliz klubidagi holatidan tobora ko‘proq norozi bo‘lmoqda. Agar unga bo‘lgan munosabat o‘zgarmasa, u «qizillar» lagerini tark etishga tayyor.

Qayd etilishicha, Slot «Real»ni boshqarishni orzu qiladi. U Madrid klubini o‘z futbol falsafasi va g‘oyalarini amalga oshirish uchun ideal joy deb hisoblaydi, shu sababli «qaymoqranglilar»ni boshqarish imkoniyatidan mamnuniyat bilan foydalangan bo‘lardi.

Arne Slot 2024 yildan beri «Liverpul»ni boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «qizillar» uning qo‘l ostida Angliya Premyer-ligasida g‘olib chiqishgan.

Kiritildi: 00:51, 11.02.2026.
O'qildi: 1145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.