Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Ouen: "Agar APL ertaga boshlansa, "Manchester Yunayted" chempionlik poygasida bo‘lardi"

Ouen: "Agar APL ertaga boshlansa, "Manchester Yunayted" chempionlik poygasida bo‘lardi"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" va "Liverpul" klublari sobiq futbolchisi Maykl Ouen Ruben Amorim iste’fosidan keyin "Manchester Yunayted" natijalarida sezilarli o‘sish bo‘lganini ta’kidladi. Hozirda jamoa bosh murabbiyi lavozimini Maykl Kerrik egallab turibdi.

"Manchesterliklar top-4ga kirishi mumkin. Agar APLning yangi mavsumi ertaga boshlanganida, "Man Siti" va "Liverpul"ning hozirgi holatidan kelib chiqib, "MYU" chempionlik poygasida bo‘lardi. Grandlar hozir eng yaxshi holatda emas, chempionlik uchun unchalik ko‘p ochko kerak bo‘lmasligi mumkin", - deb Ouenning so‘zlarini keltiradi Tribal Football.

So‘nggi turda "MYU" "Vest Xem" bilan durang o‘ynadi (1:1). "Qizil iblislar" 45 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 15:26, 11.02.2026.
O'qildi: 427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.