Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Gatti «Yuventus»dan ketishi mumkin

Gatti «Yuventus»dan ketishi mumkin

Baho:
+ | -

«Yuventus» himoyachisi Federiko Gatti shu yozda jamoani tark etishi mumkin.

«Tuttosport» nashrining xabariga ko‘ra, Turin klubi futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Bunga asosiy sabab sifatida jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti uni endilikda «daxlsiz» futbolchilar qatoriga qo‘shmayotgani ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, himoyachining yillik 3 million yevro (aniqrog‘i 3,1 mln yevro) miqdoridagi maoshi ham klub rahbariyatini o‘ylantirib qo‘ygan. «Yuventus» Gattining maydondagi o‘yini bunday yuqori maoshga to‘liq loyiq emas deb hisoblamoqda. Ma’lumot o‘rnida, Gatti 2025 yilning iyul oyida klub bilan shartnomasini uzaytirgan va maoshi sezilarli darajada oshirilgan edi.

Federiko Gatti 2022 yilda «Frozinone»dan «Yuventus»ga 9 million yevro evaziga o‘tgan. Uning «keksa sinyora» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy 2025/2026 yilgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. «Transfermarkt» portali futbolchining ayni damdagi bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:48, 12.02.2026.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.