Kirish Ro'yxatdan o'tish

Skaloni Yamalni to‘xtatish rejasini tuzdi

Skaloni Yamalni to‘xtatish rejasini tuzdi

Baho:
+ | -

Mart oyining oxirida Ispaniya va Argentina terma jamoalari amaldagi Yevropa chempioni va Amerika Kubogi sohibi sifatida Finalissima kubogi uchun kurashadilar. O‘yinga bir oydan ko‘proq vaqt bor bo‘lsa-da, jamoa murabbiylari allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

"DSports Radio" nashriga tayanib "The Touchline" xabar berishicha, argentinaliklar vinger Lamin Yamalni qanday qilib to‘xtatish haqida bosh qotirishmoqda. Rejaga ko‘ra, Yamalga qarshi shaxsiy ta’qibda kuchli bo‘lgan himoyachi Nikolas Talyafiko harakat qiladi. Bundan tashqari, Lionel Skaloni jismoniy jihatdan baquvvat yarim himoya chizig‘ini shakllantirmoqchi va u yerdagi bir futbolchi o‘zini "qurbon qilib", bor e’tiborini Yamalga qarshilik ko‘rsatishga qaratadi. Argentinaliklar Lamin maydonda doimiy ravishda ikki raqib qurshovida qolishini istashmoqda.

Ispaniya va Argentina uchrashuvi 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 21:27, 18.02.2026.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик