Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Argentinalik futbolchi «Barselona»ni emas, «Yuventus»ni tanlamoqchi

Argentinalik futbolchi «Barselona»ni emas, «Yuventus»ni tanlamoqchi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Bornmut» klubi himoyachisi Markos Senesi Italiyaning «Yuventus» klubi bilan bo‘layotgan muzokaralarga ijobiy munosabat bildirdi. Bu haqda «La Gazzetta dello Sport» nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Senesi yozgi transfer oynasida Turin klubiga o‘tishga qarshi emasligini ma’lum qilgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunida nihoyasiga yetadi va undan so‘ng u erkin agentga aylanadi. Ta’kidlanishicha, 28 yoshli argentinalik futbolchi «Yuventus»ning kelgusi mavsum uchun himoyachilar short-listida birinchi o‘rinda turibdi.

«Yuventus» Senesiga mavsumiga 4 milliondan 5 million yevrogacha maosh va 2029 yoki 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi. Avvalroq Senesining «Barselona»ga o‘tish istagi borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda 28 yoshli himoyachi 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 7 ta sariq kartochka oldi. «Transfermarkt» portali uning bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:25, 20.02.2026.
O'qildi: 2227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик