Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Hamzat Chimayev ikkinchi UFC kamari uchun jang qiladi

Hamzat Chimayev ikkinchi UFC kamari uchun jang qiladi

Baho:
+ | -

UFC'ning o‘rta vazn toifasi (84 kg) chempioni, 31 yoshli mag‘lubiyatsiz jangchi Hamzat Chimayev yuqori vaznga ko‘tariladi va 11-aprel kuni Mayamida bo‘lib o‘tadigan UFC 327 turnirining asosiy jangida Irji Proxazka bilan to‘qnash kelishi mumkin.

Qayd etilishicha, jangda yarim og‘ir vazn toifasidagi vakant (bo‘sh turgan) chempionlik kamari o‘rtaga qo‘yiladi. E’tiborlisi, ushbu xabarlar fonida Chimayev o‘zining X sahifasida “205” sonini yozib qoldirdi. Bu uning 205 funtlik (yarim og‘ir vazn) toifaga o‘tayotganiga ishora bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, yarim og‘ir vazn toifasining amaldagi chempioni Aleks Pereyra qachon va qayerda jang qilishi hozircha noma’lum. Avvalroq uning og‘ir vazn toifasida Jon Jons bilan "Oq uy"da jang qilishi mumkinligi, shu sababli “Poatan” yarim og‘ir vazn toifasi kamarini vakant qoldirgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 15:21, 21.02.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.