Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

“CHelsi” yangi titul homiy bilan shartnoma imzoladi

“CHelsi” yangi titul homiy bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

“Chelsi” sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi IFS kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2028 yilga qadar amal qiladi, biroq mazkur tashkilot London klubining titul homiysi sifatida faqat 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar faoliyat ko‘rsatadi.

Sanoat sun’iy intellekti uchun dasturiy ta’minot yetkazib beruvchi kompaniya logotipi “aristokratlar”ning erkaklar va ayollar jamoalari liboslaridan joy oladi. Yangi homiy nomi tushirilgan liboslardagi debyut o‘yinlari Angliya Premyer Ligasining 27-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.

“Ushbu hamkorlik — ilg‘or texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalangan holda hamda maydonda va undan tashqarida qilayotgan barcha ishlarimizni yaxshilash uchun sun’iy intellekt salohiyatini ochish orqali sohada yetakchilikni davom ettirish maqsadimizning tasdig‘idir”, deydi klub prezidenti Jeyson Gannon.

“Chelsi” 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya Premyer Ligasida titul homiysisiz harakat qilayotgan yagona klub edi. Three telekommunikasiya kompaniyasi bilan shartnoma 2023 yilda klubning sobiq egasi Roman Abramovichga qarshi sanksiyalar tufayli bekor qilingan edi.

Shundan so‘ng londonliklarning futbolkalari old qismida Infinite Athlete sport-texnologiya kompaniyasi va Damac qurilish kompaniyasi logotiplari paydo bo‘ldi. BBC Sport ma’lumotlariga ko‘ra, klub rahbariyati navbatdagi uzoq muddatli titul homiylik shartnomasidan har mavsumda taxminan 65 million funt (74 million yevro) ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Bugun, 21 fevral kuni “Chelsi” APLning 27-turi doirasida o‘z maydonida “Byornli”ni qabul qiladi. Liam Rosenyor shogirdlari 44 ochko jamg‘argan holda chempionat jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:30, 21.02.2026.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.