Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

“Kurashishda davom et” — Ronaldu qishki Olimpiadada jiddiy jarohat olgan sportchini qo‘llab-quvvatladi (foto)

“Kurashishda davom et” — Ronaldu qishki Olimpiadada jiddiy jarohat olgan sportchini qo‘llab-quvvatladi (foto)

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida jiddiy jarohat olib, beshta operasiyani boshidan o‘tkazgan chang‘ichi Lindsi Vonni qo‘llab-quvvatladi. Portugaliyalik futbolchi amerikalik sportchining Instagram sahifasidagi postlaridan biri ostida izoh yozib qoldirgan.

“Chempionlar g‘alaba qozongan lahzalari va taslim bo‘lishni istamasligi bilan ajralib turadi. Sen zabt etgan cho‘qqilar sendagi bor kuchga hech qachon teng kela olmaydi. Kurashishda davom et. Afsonalar doim oyoqqa turadi”, deya yozgan Ronaldu.

Ma’lumot uchun, 2026 yilning 8 fevral kuni tizza bog‘lamlaridagi jarohatga qaramay, Olimpiadada tog‘ chang‘isining tezkor tushish bahslarida qatnashgan Lindsi Vonn to‘siqlardan biriga urilib, muvozanatni yo‘qotgani sababli poygani yakunlay olmadi. Hodisadan so‘ng amerikalik sportchi vertolyotda evakuasiya qilindi. Sportchi beshta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi va hatto oyog‘i amputasiya qilinishi xavfi bo‘lgani haqida so‘zlab bergan. Yiqilish natijasida u chap oyog‘ining boldir suyagi sinishi jarohatini olgan.



Vonn 41 yoshda, u 2010 yilgi Vankuver Olimpiadasi chempioni va ikki karra Olimpiya o‘yinlari bronza medali sohibidir. Shuningdek, sportchi hisobida jahon chempionatlari doirasidagi ikkita oltin, uchtadan kumush va bronza medallari bor. Amerikalik sportchi to‘rt marta Jahon kubogining umumiy hisobida g‘olib chiqqan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:02, 24.02.2026.
O'qildi: 1212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик