Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Flik Chempionlar Ligasi qur’asi natijasiga munosabat bildirdi

Flik Chempionlar Ligasi qur’asi natijasiga munosabat bildirdi

Baho:
+2 | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi qur’asi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Kataloniyaliklar ushbu bosqichda "Nyukasl"ga qarshi bahs olib boradilar. Ma’lumki, "ko‘k-anorranglilar" uchun ikkinchi ehtimoliy raqib "PSJ" edi.

— "PSJ" emas, balki "Nyukasl" tushganidan xursandmisiz?

— Yo‘q, chunki har bir o‘yin muhim. Oson uchrashuvlar bo‘lmaydi, zero bu Chempionlar ligasi. "Nyukasl" ham ajoyib jamoa, biz buni ularning so‘nggi o‘yinlarida va ularga qarshi o‘ynaganimizda ko‘rdik. Oson bo‘lmaydi. Mening fikrimcha, doimo raqibni hurmat qilish kerak. Hamma finalga chiqishni istaydi, biz ham. "Nyukasl" ham buni xohlaydi, — dedi Flik matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Chempionlar ligasining umumiy bosqichida "Barselona" safarda "Nyukasl"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Kiritildi: 17:26, 27.02.2026.
O'qildi: 5724 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик