Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Galatasaroy" va "Fenerbahche"ning ikki futbolchisiga garov o‘ynagani uchun uzoq muddatli qamoq jazosi tahdid solmoqda

"Galatasaroy" va "Fenerbahche"ning ikki futbolchisiga garov o‘ynagani uchun uzoq muddatli qamoq jazosi tahdid solmoqda

Baho:
+ | -

"Galatasaroy" va "Fenerbahche" klublari sharafini himoya qiluvchi ikki futbolchi bukmekerlik o‘yinlarida ishtirok etgani uchun qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Gap "Galatasaroy" a’zosi Metehan Baltaji va "Fenerbahche" sardori Mert Hakan Yandash haqida bormoqda. Baltaji 13 yilgacha, Yandash esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

"Sabah" nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Baltaji kamida ikki marta "Galatasaroy" ishtirokidagi o‘yinlarga tikish qilgan. O‘sha vaqtda u jamoaning asosiy tarkibida bo‘lmasa-da, qaydnomadan joy olgan edi. Shu tariqa, futbolchi o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Turkiyaning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, futbolchi bukmekerlik kompaniyalariga o‘zining professional sportchi maqomi haqida xabar berishi shart edi, biroq u bunday qilmagan.

Kiritildi: 11:17, 28.02.2026.
O'qildi: 837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик