Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Chalxanoglu "Inter"ni tark etishga qaror qildi

Chalxanoglu "Inter"ni tark etishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu yozgi transfer oynasida jamoani tark etishga tayyor. Turkiyalik futbolchi o‘tgan yozdayoq ketishi mumkin edi, biroq o‘shanda "Galatasaroy" u uchun "juda kam" mablag‘ taklif qilgan.

Jurnalist Paskuale Guarroning xabar berishicha, xavbek joriy mavsum yakunlanganidan keyin jamoadan ketish niyatida. Hozircha "neradzurri" rahbariyati 32 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyormi yoki yo‘q noma’lum.

Transfermarkt portali Chalxanogluning qiymatini 22 million yevroga baholagan. Yarim himoyachining Milan grandi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Xakan 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:00, 28.02.2026.
O'qildi: 646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик