Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Arteta Dyokereshning "Tottenxem" bilan o‘yindagi dublidan so‘ng uning ruhiyati haqida gapirdi

Arteta Dyokereshning "Tottenxem" bilan o‘yindagi dublidan so‘ng uning ruhiyati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor Dyokereshning o‘yini borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shvesiyalik futbolchi joriy mavsum davomida gol urish borasidagi ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lmagani sababli tez-tez tanqidlarga uchrab turgan edi. Biroq yaqinda bo‘lib o‘tgan «Tottenxem»ga qarshi derbida hujumchi dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

«Viktor o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirdimi? Ishonch — har qanday inson uchun fundamental ustundir. Qachonki sizni qadrlashayotganini, qo‘llab-quvvatlashayotganini va sizga ishonishayotganini his qilsangiz, kutilgan darajaga chiqish ancha osonlashadi. Menimcha, hozir Dyokeresh uchun aynan shunday lahzalar keldi — u bu qo‘llab-quvvatlashni his qilmoqda. Albatta, bu uning o‘yiniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Viktor Dyokeresh joriy mavsumda barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 12:15, 28.02.2026.
O'qildi: 427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик