Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Nottingem Forest» yulduziga 55 million yevro narx belgilandi: Unga 5 ta top-klub qiziqmoqda

«Nottingem Forest» yulduziga 55 million yevro narx belgilandi: Unga 5 ta top-klub qiziqmoqda

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» markaziy himoyachisi Murillo Angliya Premyer-ligasining ko‘plab klublari qiziqishlar doirasiga tushdi. Bu haqda «Teamtalk» jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Murilloni o‘z tarkibida ko‘rishni istayotganlar qatorida «Liverpul», «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» ham bor.

23 yoshli braziliyalikning transfer qiymati ayni damda 55 million yevroga baholanmoqda. Himoyachi va «o‘rmonchilar» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Joriy APL mavsumida Murillo 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 13:05, 28.02.2026.
O'qildi: 905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик