Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Niko Kovach APLga yo‘l olishi mumkin

Niko Kovach APLga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Bild" nashri xabar bermoqda.

54 yoshli xorvatiyalik mutaxassisga avvalroq "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqish bo‘layotgani aytilgan edi. Endi esa uning xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kovach faoliyati davomida "Bavariya", Xorvatiya terma jamoasi, "Ayntraxt Frankfurt", "Monako" va "Volfsburg" klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. U myunxenliklar bilan Germaniya chempioni va mamlakat kubogi sohibiga aylangan. 2025 yilning boshida "Borussiya" jilovini qo‘lga olgan murabbiyning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:18, 28.02.2026.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик