Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Borussiya"ning 16 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi

"Borussiya"ning 16 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasida 24-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Dortmundning "Borussiya" jamoasi munosib qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, Myunxenning "Bavariya" klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, ushbu o‘yingacha Yevropaning top-5 ligalarida davom etayotgan eng uzoq seriya — "Borussiya"ning chempionatdagi 16 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi to‘xtadi. Eng qizig‘i shundaki, bu seriya aynan "Bavariya"ga qarshi o‘yindan boshlangan edi — 7-turda myunxenliklar raqibni 2:1 hisobida mag‘lub etishgandi va o‘shandan beri "Borussiya" kecha oqshomgacha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan edi.

Bundesliganing navbatdagi turida "arilar" "Kyoln" mehmoni bo‘lishadi. Ushbu bahs 7 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:22, 01.03.2026.
O'qildi: 554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик