Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi - So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Keyn bir mavsumdagi gollari soni bo‘yicha shaxsiy rekordini takrorladi

Keyn bir mavsumdagi gollari soni bo‘yicha shaxsiy rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasida 24-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Turning markaziy bahsi Dortmundning "Borussiya" va Myunxenning "Bavariya" jamoalari o‘rtasida kechdi. Mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi, myunxenliklar tarkibida ingliz hujumchisi Xarri Keyn ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Natijada, hozirgi vaqtga kelib uning joriy mavsumdagi gollari soni (barcha turnirlarni hisobga olganda) 44 taga yetdi. Buning uchun unga atigi 37 ta o‘yin kifoya qildi. Avvalroq, 2023/2024 yilgi mavsumda — Keyn Myunxendagi ilk yilini o‘tkazayotgan paytda ham mavsum davomida 44 ta gol urgan edi, biroq o‘shanda unga 45 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

Endilikda unda yangi rekord o‘rnatish uchun barcha imkoniyatlar mavjud va bu ishni mart oyining o‘zidayoq amalga oshirishiga hech qanday shubha yo‘q.

Kiritildi: 07:25, 01.03.2026.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик