Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Jekson uchun kurash: Senegallik forvardga Yevropa va Saudiyadan takliflar bor

Jekson uchun kurash: Senegallik forvardga Yevropa va Saudiyadan takliflar bor

Baho:
+ | -

Hozirda ijara asosida «Bavariya»da to‘p surayotgan «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Chelsea.News nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, senegallik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga asosiy da’vogar «Al-Ahli» klubi bo‘lib turibdi. Shuningdek, forvard atrofidagi vaziyatni Italiya, Ispaniya va Angliya klublari ham diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

«Bavariya» Nikolas Jeksonni 2025 yilning sentyabrida «Chelsi»dan joriy mavsum yakuniga qadar 16 million yevro evaziga ijaraga olgan edi. Kelishuvga futbolchini 65 million yevroga sotib olish huquqi ham kiritilgan. Joriy mavsumda senegallik hujumchi Myunxen klubi safida barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:52, 01.03.2026.
O'qildi: 930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик