Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«PSJ» va «Chelsi» o‘rtasidagi to‘qnashuv sababli Liga 1 taqvimiga o‘zgartirish kiritildi

«PSJ» va «Chelsi» o‘rtasidagi to‘qnashuv sababli Liga 1 taqvimiga o‘zgartirish kiritildi

Baho:
+ | -

Fransiya Liga 1 matbuot xizmati 15 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 26-turning «PSJ» va «Nant» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi aprel oyiga ko‘chirilganini e’lon qildi. Bu haqda turnirning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida xabar berilgan. Ta’kidlanishicha, o‘yinni ko‘chirish «PSJ»ning iltimosiga binoan va «Nant» klubi bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.

Ushbu qaror parijliklarning UYEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi Angliyaning «Chelsi» jamoasiga qarshi kechadigan ikkita muhim o‘yiniga munosib tayyorgarlik ko‘rishi uchun qabul qilingan. Ma’lumot uchun, «PSJ» musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Dastlabki uchrashuv 11 mart, chorshanba kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa 17 mart, seshanba kuni Londonda o‘tkazilishi belgilangan.

Liga 1 Direktorlar kengashi «Nant» bilan o‘yinni 20-26 aprel kunlari oralig‘idagi haftaga ko‘chirishga qaror qildi. Uchrashuvning aniq sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.

Kiritildi: 13:59, 01.03.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик