Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

APL: Uilson va Ivobining gollari "Fulxem"ga London derbisida "Tottenxem" ustidan g‘alaba keltirdi

APL: Uilson va Ivobining gollari "Fulxem"ga London derbisida "Tottenxem" ustidan g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan Londonning "Fulxem" va "Tottenxem Xotspur" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Ushbu bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuv Londondagi "Kreyven Kottedj" stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yinni bosh hakam Tomas Bramell boshqarib bordi.

Garri Uilson yettinchi daqiqada hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada Aleks Ivobi jamoasining ustunligini ikki baravar oshirdi. 66-daqiqada Risharlison "Tottenxem"ning yagona javob to‘pini kiritdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng "Fulxem" 40 ochko bilan Angliya yuqori divizioni turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda, "Tottenxem Xotspur" esa 29 ochko bilan 16-pog‘onani egallab turibdi.

Angliya Premyer-ligasi. 28-tur
01.03.2026 | 19:00
«Kreyven Kottedj», London

«FULXEM» — «TOTTENXEM» — 2:1
Gollar: Uilson 7 (1:0), Ivobi 34 (2:0), Risharlison 66 (2:1).

«Fulxem»: Leno, Sessenyon, Bassi, Diop, Tete, Berge, Ivobi (Kuenka, 90), Bobb (King, 74), Smit-Rou (Kerni, 72), Uilson (Chukvueze, 72), Ximenes (Rodrigu Munis, 73).

«Tottenxem»: Vikario, Grey, van de Ven, Dregushin (Danso, 90), Porro, Simons (Risharlison, 58), Palinya, Bissuma (Souza, 80), Gallaxer (Sarr, 58), Solanke, Kolo Muani (Tel, 58).

Ogohlantirishlar: Diop (61), Bassi (66), Kerni (90) — van de Ven (64), Risharlison (66), Porro (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:25, 01.03.2026.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик