Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

A Seriya. «Roma» o‘z uyida «Yuventus» bilan jangovar durang o‘ynadi (Videosharh)

A Seriya. «Roma» o‘z uyida «Yuventus» bilan jangovar durang o‘ynadi (Videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 27-turi doirasida bo‘lib o‘tgan markaziy o‘yinda «Roma» o‘z maydonida «Yuventus» bilan durang o‘ynadi — 3:3.

Mezbonlar tarkibida Uesli Vinisius (39-daqiqada), Evan N`Dika (54-daqiqada) va Doniell Malen (65-daqiqada) gol urishgan bo‘lsa, mehmonlardan Fransishku Konseysau (47-daqiqada), Jeremi Boga (78-daqiqada) va Federiko Gatti (90+3-daqiqada) o‘z ismlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi. E’tiborli jihati, 27 yoshli italiyalik himoyachi Gatti 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi.

«Roma» 27 ta o‘yindan so‘ng 51 ochko jamg‘arib, Italiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Yuventus» esa 27 ta bahsda 47 ochko to‘plagan holda oltinchi pog‘onadan joy olgan.

Keyingi turda, 8 mart kuni «Roma» safarda «Jenoa» mehmoni bo‘ladi. «Yuventus» esa bir kun avval o‘z maydonida «Piza»ni qabul qiladi.

A Seriya. 27-tur
02.03.2026 | 00:45
«Olimpiko», Rim

«ROMA» — «YUVENTUS» — 3:3

Gollar: Uesli Vinisius 39’ (1:0), Fransishku Konseysau 47’ (1:1), Evan N`Dika 54’ (2:1), Doniell Malen 65’ (3:1), Jeremi Boga 78’ (3:2), Federiko Gatti 90+3’ (3:3).

«Roma»: Svilar, Manchini, N`Dika, Zeki Chelik, Kristante (Gilardi, 74), Kone, Uesli Vinisius, Rench (El-Aynaui, 74), Pellegrini (Saragosa, 90), Pizilli, Malen.

«Yuventus»: Perin, Bremer (Gatti, 88), Kelli, Kambyaso (Openda, 89), Kalyulyu, Kopmeyners, Tyuram (Miretti, 72), Makkenni, Kenan Yildiz, Konseysau (Jegrova, 72), Devid (Boga, 63).

Ogohlantirish: Uesli Vinisius (27).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:22, 02.03.2026.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик