Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Maskerano: «Messi yana bir bor isbotladi»

Maskerano: «Messi yana bir bor isbotladi»

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» bosh murabbiyi Xavyer Maskerano MLS doirasida «Orlando Siti»ga qarshi kechgan bahsdagi (4:2) Lionel Messining ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qo‘tonlar» birinchi bo‘limda o‘z darvozalaridan javobsiz ikkita to‘p olib chiqishgan bo‘lsa-da, tanaffusdan so‘ng o‘yinni o‘z foydalariga burish uchun kuch topa olishdi. Uchrashuv qahramoniga aylangan 38 yoshli Messi dubl qayd etdi. Argentinalik yulduz 90-daqiqada jarima zarbasidan gol urib, bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

«Messining o‘yini haqidami? Leo — ushbu sport turi tarixidagi eng buyugidir. Bugungi o‘yinda u buni yana bir bor isbotladi», — dedi Maskerano matbuot anjumanida.

8 mart kuni «Inter Mayami» MLS 3-turi doirasida «Di Si Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi. Ayni damda jamoa hisobida uch ochko mavjud.

Kiritildi: 12:06, 02.03.2026.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик