Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Prague Masters». Abdusattorov kecha Gukeshni mag‘lub etdi

«Prague Masters». Abdusattorov kecha Gukeshni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha «Prague Chess Festival» turniri davom etmoqda. Musobaqaning «Masters» guruhida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik ikki shaxmatchi — Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev kecha 5-tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Abdusattorov ushbu turda amaldagi shaxmat toji sohibi Gukesh Domaradjuga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Bahsning debyut qismida hindistonlik sportchi ustunlikka erishdi. 40 ta yurish uchun ajratilgan 90 daqiqa yakuniga yaqinlashgan sari hamyurtimiz yana bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydi va Gukeshning ustunligi oshib bordi. Ammo Domaradju seytnotga tushib qolgani uchun g‘alabaga olib boruvchi yurishlarni topa olmadi. Aksincha, Nodirbek kuchli yurishlarni topdi va vaziyatni o‘ngladi. Vaqt qo‘shiladigan 40-yurishga kelib o‘zbek shaxmatchisi ustunlikni qo‘lga oldi. Abdusattorov 46-yurishda g4 piyoda yurishini topa olganida oson g‘alabani qo‘lga kiritishi mumkin edi. Ammo hamyurtimiz bu yurishni topa olmadi va vaziyat tenglashib qoldi. Nodirbek bir piyoda ustunligiga ega bo‘lganiga qaramay, nazariy jihatdan vaziyat durang edi. Vatandoshimiz g‘alaba uchun harakatni davom ettirdi va 67-yurishda Gukesh o‘ng to‘g‘ri qarorni topa olmadi va xatoga yo‘l qo‘ydi. Abdusattorov bundan o‘ta ustalik bilan foydalandi — yana ikkita yurishdan keyin raqib taslim bo‘ldi.

Nodirbek Abdusattorov ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolarini 3,5 taga yetkazdi va musobaqada 2-o‘rinni egallab turibdi. Niderlandiyalik Yorden van Forest 4 ochko bilan peshqadamlikni qo‘lga olgan.

Nodirbek Yoqubboyev esa musobaqani yaxshi boshlagandi — 1 g‘alaba va 2 durang. Ammo u keyingi 2 ta bahsda yutqazib qo‘ydi — Yorden van Forest va David Navara (Chexiya)ga. Natijada Yoqubboyev 2 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:27, 02.03.2026.
O'qildi: 2596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик