Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Rodrigo mavsum oxirigacha safdan chiqqan bo‘lishi mumkin

Rodrigo mavsum oxirigacha safdan chiqqan bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

"Real Madrid" klubi hujumchisi Rodrigo Goes Ispaniya chempionatining 26-turidagi "Xetafe"ga qarshi o‘yinda (0:1) o‘ng tizzasining xochsimon bog‘lamlarini jarohatladi. Bu haqda OK Diario xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, eng yomon ssenariyda braziliyalik futbolchida bog‘lamlarning to‘liq uzilishi kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Bu holatda u mavsumning qolgan qismini, shuningdek 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi xavfi ostida qoladi. Eng yaxshi holatda esa Rodrigoda cho‘zilish qayd etilgan bo‘lishi mumkin.

«Qaymoqranglar» hujumchisi jarohat olganiga qaramay, «Xetafe»ga qarshi bahsni davom ettira oldi. Rodrigo "Santyago Bernabeu" stadionidagi o‘yinga 55-daqiqada maydonga tushirildi va uchrashuvni yakuniga qadar o‘tkazdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 19:40, 03.03.2026.
O'qildi: 1588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик