Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Ferdinand APLning bo‘lajak chempioni kim bo‘lishini aytdi

Ferdinand APLning bo‘lajak chempioni kim bo‘lishini aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning mashhur sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik poygasi haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Qizil iblislar" afsonasining fikricha, bu safar titul "Arsenal"ga nasib etadi.

"Menimcha, "Arsenal" nima qilib bo‘lsa ham, qanday yo‘l bilan bo‘lmasin chempionlikni qo‘lga kiritadi. Ular sovrinlarni yutib, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlab olishgach, butunlay boshqa jamoaga aylanishadi va keyingi mavsumda ularga qarshi o‘ynash yanada qiyinlashadi. Men "Arsenal"ning bunday yondashuvini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Hali ham klub amalga oshirgan ishlari uchun katta hurmatga loyiq deb hisoblayman", – dedi Ferdinand Rio Ferdinand Presents podkastida.

"To‘pchilar" 29 ta o‘yindan so‘ng 64 ochko to‘plagan holda jadvalda peshqadamlik qilmoqda va bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan "Manchester Siti"dan besh ochko oldinda bormoqda.

Kiritildi: 15:39, 04.03.2026.
O'qildi: 1287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик