Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ryudiger atrofida mashmasha: Germaniyada himoyachini jahon chempionatidan chetlatish talab qilinmoqda

Ryudiger atrofida mashmasha: Germaniyada himoyachini jahon chempionatidan chetlatish talab qilinmoqda

Baho:
+1 | -

Germaniya OAVlarida milliy terma jamoa himoyachisi Antonio Ryudigerning xatti-harakatlari yuzasidan qizg‘in muhokamalar boshlandi. La Liga doirasidagi "Real Madrid" va "Xetafe" o‘rtasidagi o‘yinda Ryudiger "Xetafe" himoyachisi Diyego Rikoning yuziga tizzasi bilan zarba berdi va jazosiz qoldi.

Bir qator nashrlar futbolchini keskin tanqid ostiga oldi. Bild portalidagi maqolada bu shunchaki qo‘pol fol emas, balki amaldagi "hujum" ekanligi yozildi. E’lon qilingan matnlarning asosiy mazmuni shundan iboratki, o‘z xulq-atvorini nazorat qila olmaydigan va buni birinchi marta takrorlamayotgan futbolchi jahon chempionatiga bormasligi kerak.

Bundan oldin Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoada "daxlsiz" futbolchilar yo‘qligini hamda sportning asosiy tamoyillarini buzuvchi holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 16:06, 04.03.2026.
O'qildi: 2263 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик