Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Selta" bilan o‘yin oldidan "Real" tarkibida jiddiy muammolar yuzaga keldi

"Selta" bilan o‘yin oldidan "Real" tarkibida jiddiy muammolar yuzaga keldi

Baho:
+ | -

Jurnalist Abraxam Romero "Real"ning jarohat olgan futbolchilari holati haqidagi yangiliklar bilan bo‘lishdi.

Xabar qilinishicha, tizzasini tekshiruvdan o‘tkazgan Kilian Mbappe ayni damda "Real" murabbiylari bilan birga Parijda bo‘lib turibdi va juma kuni qaytadi.

Jud Bellingem esa, o‘z navbatida, sonidagi jarohat bo‘yicha boshqa mutaxassisdan qo‘shimcha xulosa olish uchun Londonda bo‘lib turibdi.

Eduardo Kamavinga hamon kuchli tish og‘rig‘idan aziyat chekmoqda.

Raul Asensio umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismi boylamlari cho‘zilishidan so‘ng sog‘ayish jarayonini o‘tamoqda. Boldir mushaklarida muammo sezayotgan David Alabaning "Selta"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi esa so‘roq ostida qolmoqda.

"Madrid" juma kuni La Liganing 27-turi doirasida safarda "Selta" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 08:15, 05.03.2026.
O'qildi: 1719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик