Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Dunyoning eng qimmat himoyachisi aniqlandi

Dunyoning eng qimmat himoyachisi aniqlandi

Baho:
+ | -

Bugungi kunda dunyo futbolidagi eng qimmat himoyachi kim ekanligi ma’lum bo‘ldi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatda birinchi o‘rinni Londonning «Arsenal» klubida to‘p suradigan fransuz Vilyam Saliba egallab turibdi. Uning bozor qiymati 78 million funtni tashkil etadi.

Ikkinchi pog‘onani Pau Kubarsi («Barselona»), Ashraf Xakimiy («PSJ») va Alessandro Bastoni («Inter») bo‘lishib turibdi — ularning har biri 70 million funtga baholangan. Keyingi o‘rinlardan Nunu Mendesh («PSJ») va Gabriel («Arsenal») joy olgan — ularning narxi 65 million funt.

61 million funtlik qiymat bilan bir qator o‘yinchilar ro‘yxatga kiritilgan: Din Xyoysen («Real»), Vilyam Pacho («PSJ»), Yoshko Gvardiol («Manchester Siti»), Yurryen Timber («Arsenal») va Trent Aleksander-Arnold («Real»).

Kiritildi: 11:59, 05.03.2026.
O'qildi: 4592 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик