Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dibalaning tizzasi yana pand berdi

Dibalaning tizzasi yana pand berdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Paulo Dibala sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelishda davom etmoqda. TuttoMercatoWeb nashri xabariga ko‘ra, payshanba kuni argentinalik futbolchi mashg‘ulotni muddatidan oldin tark etgan — uning tizzasida yana og‘riq paydo bo‘lgan.

Manbaning ta’kidlashicha, Dibala Italiya chempionatining 8 mart kuni bo‘lib o‘tadigan «Jenoa»ga qarshi o‘yinida maydonga tusha olmaydi. Bu Paulo uchun «Roma» safida jarohat tufayli o‘tkazib yuborilgan 41-uchrashuv bo‘ladi.

Dibala oxirgi marta «Roma» libosida shu yilning 25 yanvarida maydonga tushgan edi. Shundan so‘ng u aynan shu tizzasidagi muammo sababli bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. E’tiborlisi, «Yuventus»ga qarshi kechgan so‘nggi bahsda Paulo qaydnomaga kiritilgan edi, biroq maydonda ko‘rinish bermadi.

Kiritildi: 20:20, 05.03.2026.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик