Kirish Ro'yxatdan o'tish

Levandovski zamonaviy hujumchilarning muammosini aytdi

Levandovski zamonaviy hujumchilarning muammosini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» va Polsha terma jamoasi markaziy hujumchisi Robert Levandovski zamonaviy hujumchilarning o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.

Futbolchining hisoblashicha, hozirgi zamon hujumchilari juda primitiv (oddiy) o‘yin namoyish etishmoqda. Bunga sabab — futbol akademiyalarida ularni kreativ fikrlashga emas, balki shablonlar (qoliplar) asosida harakat qilishga o‘rgatishayotganida.

«Boshqacha bo‘lish kerak. Boshqacha fikrlash kerak. Butun jamoa qilayotgan ishni takrorlash mumkin emas. Hujumchi qayerga borishi kerakligini, to‘p qayerga uchishini oldindan bilishi shart, chunki maydonda buni faqat siz bilasiz», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Joriy mavsumda Levandovski barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:51, 05.03.2026.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик