27 mart kuni Qatarda Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi Finalissima bahsi bo‘lib o‘tishi kerak. Biroq bir necha kun avval mintaqada boshlangan harbiy harakatlar Qatarga ham ta’sir o‘tkazdi.
UEFA avvalroq Finalissimani boshqa joyda o‘tkazish masalasi hozircha ko‘rib chiqilayotgani yo‘qligini, ammo qatarlik tashkilotchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib turganini ma’lum qilgan edi.
Jurnalist Gaston Edulning xabar berishicha, Qatar tomoni allaqachon imzolangan yirik tijoriy shartnomalar tufayli Finalissimadan osonlikcha voz kechmoqchi emas. Shunga qaramay, xavfsizlik masalalari ustuvor bo‘lib qolmoqda va o‘yinning boshqa joyga ko‘chirilishi ehtimoli yo‘q emas. Uzil-kesil qaror kelasi haftada qabul qilinadi.













