Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

“SHunchaki to‘p ortidan quvib yurishga tayyor edik” — Garet Beyl “Barselona”ga qarshi uchrashuvlar haqida

“SHunchaki to‘p ortidan quvib yurishga tayyor edik” — Garet Beyl “Barselona”ga qarshi uchrashuvlar haqida

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi va Uels terma jamoasining sobiq futbolchisi Garet Beyl faoliyatidagi eng og‘ir uchrashuvlar “Barselona”ga qarshi kechganini ma’lum qildi.

“Barselona”ga qarshi o‘yinlar eng qiyini bo‘lardi. Biz 80 daqiqa davomida shunchaki to‘p ortidan quvib yurishimizni bilardik. Lekin biz buni qabul qilganmiz. Mavsum davomidagi ushbu sanoqli o‘yinlarda past blokda (chuqur himoyada) o‘ynashimizga to‘g‘ri kelishiga ko‘ngan edik. Chunki bizda mukammal qarshi hujumkor tarkib bor edi”, deydi uelslik futbolchi.

Beyl, shuningdek, Ronalduga to‘p uzatilmasa g‘azablanishi haqidagi savolga shunday javob berdi:

“Albatta, 100 foiz shunday bo‘lardi. Lekin bu uning g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishtiyoqi bilan bog‘liq. U doim rekordlar ortidan quvadi va Messi ham xuddi shunday natijalar qayd etayotganini biladi. Shuning uchun ham uning bu holatini tushunaman. Men ‘Real Madrid’ga kelganimda, u gol mashinasiga aylanib ulgurgandi. U agar bor e’tiborini faqat gollarga qarasa, yakunda ancha yuqori baholanishini tushunib yetgan edi”.

Futbolchi “qirollik klubi” tarkibida “Barselona”ga qarshi 15 ta uchrashuv o‘tkazgan, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. “Qaymoqranglilar” 3 ta, “ko‘k-anorranglilar” esa 9 ta uchrashuvda zafar quchgan. 3 ta bahsda durang natija qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Garet Beyl “Real Madrid” safida jami 258 ta uchrashuvda maydonga tushib, 106 ta gol urgan va 67 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U madridliklar bilan 5 marta UYEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.

Beyl 2013 yilda Tottenhem klubini tark etib, “Real”ga o‘tganida o‘sha davrdagi eng qimmat futbolchiga aylangan edi. 2020 yilda ijara asosida Angliyaga qaytganida, uning hisobida Chempionlar ligasi g‘oliblari uchun beriladigan to‘rtta medal mavjud bo‘lgan. Uning qaytishi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi: futbolchi 34 ta o‘yinda 16 ta gol urdi, ammo jamoasi bilan sovrin yuta olmadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:08, 05.03.2026.
O'qildi: 512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.