Kirish Ro'yxatdan o'tish

David Rayya qiziqarli ko‘rsatkichda Edvin van der Sarga tenglashdi

David Rayya qiziqarli ko‘rsatkichda Edvin van der Sarga tenglashdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayya Premyer-ligadagi dastlabki 100 ta o‘yinida darvozasi daxlsizligini saqlab qolish bo‘yicha «MYU» sobiq posboni Edvin van der Sarning natijasini takrorladi. Van der Sar o‘z vaqtida «qizil iblislar» safidagi dastlabki yuzta o‘yinining 43 tasida gol o‘tkazib yubormagan edi. Rayyada ham xuddi shunday ko‘rsatkich qayd etildi.

Reyting peshqadami — Petr Chex bo‘lib qolmoqda. «Chelsi»ning sobiq a’zosi dastlabki yuzta bahsning 59 tasida «quruq» o‘yin o‘tkazgan. Ikkinchi o‘rinni Pepe Reyna («Liverpul», 54), uchinchi o‘rinni esa Ederson Morayes (46) egallab turibdi. To‘rtinchi pog‘onani Peter Shmeyxel va Alisson Beker (har ikkisida 44 tadan) bo‘lishib olishgan.

David Rayya APLdagi yuzinchi o‘yinini shu chorshanba kuni «Brayton»ga qarshi o‘tkazdi. Unda «to‘pchilar» kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.


APL tarixida dastlabki 100 o‘yinda eng ko‘p «quruq» o‘yin o‘tkazgan darvozabonlar:

O‘rin Darvozabon Klub «Quruq» o‘yinlar soni
1 Petr Chex «Chelsi» 59
2 Pepe Reyna «Liverpul» 54
3 Ederson «Manchester Siti» 46
4 Peter Shmeyxel «MYU» 44
5 Alisson Beker «Liverpul» 44
6 Edvin van der Sar «MYU» 43
7 David Rayya «Arsenal» 43
Kiritildi: 23:13, 05.03.2026.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик